O‘zbekiston Superligasi 1-tur uchrashuvida futbolchimiz Asilbek Qayumov “Qo‘qon 1912” jamoasiga qarshi kechgan bahsda 88 daqiqa davomida maydonda harakat qildi. Murosasiz va keskin ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida “Buxoro” jamoasi 1:0 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv davomida Asilbek jamoasining o‘yinida faol ishtirok etib, hujumlarni rivojlantirish hamda xavfli vaziyatlar yaratishda muhim rol o‘ynadi. Shu bilan birga, himoyada ham ishonchli harakat qilib, jamoasining natijani saqlab qolishida katta hissa qo‘shdi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchimiz o‘yin davomida darvoza tomon 2 ta aniq zarba yo‘lladi, uzatmalar aniqligi 63% ni tashkil etdi. Bundan tashqari, u qatnashgan yakka kurashlarning 60% ida ustun keldi, bu esa uning maydondagi faolligi va kurashuvchanligini yana bir bor namoyon etdi.
Futbolchimizga mavsumning keyingi uchrashuvlarida ham omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz.