13.03.2026

Futbolchimiz Anvarjon G‘ofurov O‘zbekiston Superligasining ortda qolgan dastlabki turlarida

Futbolchimiz Anvarjon G‘ofurov O‘zbekiston Superligasining ortda qolgan dastlabki turlarida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi safida barqaror va ishonchli o‘yin namoyish etmoqda. Himoyadagi ishonchli harakatlari va maydondagi faolligi bilan u jamoaning muhim futbolchilaridan biri sifatida ajralib turibdi.

Anvar mavsumni muvaffaqiyatli boshladi. U 1-turda “Mash’al” jamoasiga qarshi bahsda 90 daqiqa maydonda harakat qilib, 1 ta golli uzatma bilan jamoasining hujumlariga muhim hissa qo‘shdi. 2-turda “Surxon” jamoasiga qarshi uchrashuvda ham to‘liq 90 daqiqa o‘ynab, himoyada barqaror o‘yin ko‘rsatdi.

Ayniqsa, 3-tur doirasida Vodiy derbisi — “Andijon” jamoasiga qarshi kechgan murosasiz bahsda Anvar yana 90 daqiqa davomida maydonda harakat qilib, jamoasining himoyasida faol ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvda u 1 ta gol kiritib, jamoasining muvaffaqiyatli o‘yiniga muhim hissa qo‘shdi.

Anvarjonga keyingi uchrashuvlarda ham omad va yorqin o‘yinlar tilab qolamiz. ⚽️