Futbolchimiz Abror Ismoilov O‘zbekiston Superligasining ortda qolgan dastlabki turlarida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi safida barqaror va ishonchli o‘yin namoyish etmoqda.
Abror mavsumni faol boshladi. U 1-turda “Mash’al” jamoasiga qarshi bahsda 88 daqiqa maydonda harakat qildi. 2-turda “Surxon” jamoasiga qarshi uchrashuvda 45 daqiqa o‘ynadi.
Ayniqsa, 3-tur doirasida Vodiy derbisi — “Andijon” jamoasiga qarshi kechgan murosasiz uchrashuvda Abror 70 daqiqa maydonda harakat qilib, jamoasining hujumlarida faol ishtirok etdi. Mazkur bahsda u 1 ta golli uzatma amalga oshirib, jamoasining muvaffaqiyatli o‘yiniga muhim hissa qo‘shdi.
Abrorga keyingi uchrashuvlarda ham omad va yanada yorqin o‘yinlar tilab qolamiz.